Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati F.Abdullayeva tomonidan "Neftchilar" MFY nuroniylari bilan hamkorlikda mahalladagi 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv-muloqot tashkil etildi.Muloqot davomida bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish, ‘z qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri kasb tanlash hamda elajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni bilim olishga, yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib kamol topishga chaqirdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ukarni aniq maqsad sari intilishga undash va kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga xizmat qilmoqda.