Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan Oʻzbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi energiya blokining qurilishiga start berilgani mamlakatimiz tarixida tub burilish davrini boshlab berdi. Bugungi kunda sanoat va aholi soni shiddat bilan oʻsib borayotgan sharoitda, barqaror va xavfsiz energiya manbaiga ega boʻlish strategik zaruriyatdir. Mazkur loyiha nafaqat mamlakat energetika tizimini mustahkamlaydi, balki Oʻzbekistonda yuqori texnologiyalar, zamonaviy muhandislik maktabi va ilm-fanning mutlaqo yangi tarmoqlari rivojlanishiga turtki boʻladi. Stansiyaning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) doimiy nazorati ostida, eng ilgʻor xalqaro xavfsizlik standartlari asosida qurilishi esa ushbu loyihaning hayotiyligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Bu kelajak avlodlar uchun qoldirilayotgan ulkan intellektual va industrial merosdir.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov