Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat Jasur Uskanov hamda ijtimoiy xodim tomonidan Shodlik mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro bolalar nafaqasi tayinlash masalasi yuzasidan murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Murojaat yuzasidan fuqaroning holati va taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqaroning murojaatini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.