“Yoshlik” o‘yingohi yoshlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar festivali”ning markaziy tadbirlaridan biri — katta konsert dasturiga mezbonlik qildi. Bayram davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli sahna chiqishlari va
unutilmas lahzalar ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Festival yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar bayrami shukӯhini yanada oshirishga
xizmat qildi. Tadbirni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunov boshchiligidagi uman Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashidagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ishtirok etdilar. Festival ishtirokchilari uchun yorqin taassurotlar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy bayram tuhfa etdi.