Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi va Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqi mamlakatimiz iqtisodiyoti uzoq muddatli va barqaror oʻsish poydevoriga ega ekanini yana bir bor isbotladi. Ayniqsa, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmining 13 milliard dollarga, hamkorlik loyihalari portfelining esa 50 milliard dollardan oshgani ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi, sifat jihatidan yuqori bosqichga chiqqanidan dalolat beradi. Hududlararo hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 5 milliard dollarlik loyihalar biz kabi tuman va viloyat darajasidagi hududlarga yangi investitsiyalar kirib kelishi, qoʻshma korxonalar ochilishi va tadbirkorlik muhiti jonlanishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri zamin yaratadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan global tashabbuslar yurtimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va eksport salohiyatimizni oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat G.Xudoyarova