Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Unda Prezidentning Karmana tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlar holati yuzasidan axboroti tinglandi va tahlil qilindi.

 Shuningdek, tumanda 2026-yilning dastlabki 3 oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan hisobot muhokama etildi.

 Yig‘ilish yakunida mazkur masalalarni tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha taklif ilgari surildi.

Slide 1 of 3