Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Jalaquduq tuman Kengashi deputati M.Sharipova tomonidan 11-maktabda yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o`tkazildi. Suhbat davomida yoshlarning muammolari tinglanib, ularni qo`llab-quvvatlash, ta`lim sifatini oshirish va kelajakda munosib o`rin egallashlariga qaratilgan muhim fikr va takliflar bildirildi. Tadbir yoshlarning faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini rag`batlantirish hamda jamiyat hayotidagi o`rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.