Jalaquduq tumanidagi 13-maktabda Yoshlar kuni munosabati bilan o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 8–11-sinf yigitlari o`rtasida futbol musobaqasi o`tkazildi. Mazkur tadbirda tuman
Kengashi deputati Sh.Shermatov ishtirok etib, yoshlarga omad tiladi va sportning ahamiyati haqida o`z fikrlarini bildirdi. Musobaqa yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismoniy faollikni oshirish
hamda do`stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.