Jalaquduq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 2026-yil Davlat dasturi doirasida “TOPAZ, Barhayot Qadam” MChJda qo`shimcha ish o`rinlari yaratilishi va tuman xududidan o`tgan Andijonsoy qirg`oqlarida so`lim dam olish maskanlari barpo etish bilan birga, qo`shimcha ish o`rinlari yaratilayotgani yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat-tahlil asosida o`rganildi. O`rganish jarayonida tuman Kengashi raisi Sh.Xayitoxunov, kotibiyat mudiri I.Juraev, doimiy komissiya raisi E.Qurbonov hamda viloyat Kengashi deputati O.Nosirovlar korxona
rahbariyati, tadbirkorlar va mehnat jamoasi vakillari bilan uchrashdilar. Suhbat davomida tadbirkor va ishchi-xodimlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo`naltirilgan siyosatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar