Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi.

Unda Karmana tumanidagi “Shibzon” mahallasini “Madaniyat” deb qayta nomlash haqidagi taklif yuzasidan hisobot tinglandi va atroflicha muhokama etildi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mazkur masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha taklif ilgari surildi.

Slide 1 of 3