Yangiliklar

Oliy ta`limga tayyorgarlik xolati o`rganildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Abdumuminova Nafisa tomonidan 26-umumta`lim
maktabida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi o`quvchilarning oliy ta`limga tayyorgarlik holati o`rganildi.
Tashrif davomida o`quvchilarning bilim darajasi, test sinovlariga tayyorgarligi, mavjud muammolari va
ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarga maqsadli yo`nalish berish, ularni qo`llab-quvvatlash va kelajakda munosib mutaxassis bo`lib yetishishlariga ko`maklashish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
 

Bunday amaliy o`rganishlar yoshlarning ta`limga bo`lgan qiziqishini oshirish va ularning kelajakdagi
muvaffaqiyatiga mustahkam zamin yaratadi.
  

Slide 1 of 4