O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv ta`minoti va oqova suv tizimini
yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq tumanida o`rganish ishlari amalga oshirildi. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh.Xaytoxunov, Kengash kotibiyati mudiri I.Juraev hamda doimiy komissiya raislari A.Qurbonov va E.Qurbonovlar tumandagi “Yangi chek”, “Olmazor” va “G`ozicheki” mahallalarida aholi vakillari bilan uchrashdilar.
Uchrashuv jarayonida aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta`minlash holati, xonadonlarga tortilgan
suv tarmoqlariga hisoblash uskunalarini o`rnatish va mavjud qarzdorliklarni qisqartirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, tumandagi “Ichimliksuvta`minot” MChJ faoliyati o`rganilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-343-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas`ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur o`rganish natijalariga ko`ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohadagi ishlarni tizimli tashkil
etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputatlik nazorati aholi manfaatlarini ustuvor ta`minlashga qaratilgan holda, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.