Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati A.Ismailov aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda deputat Joriy yilning 2 dekabr kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida faollar oldiga qo‘ygan vazifalar, viloyat ahli jumladan Gʻallaorol tuman aholisiga kelgusi yilda taqdim etiladigan imkoniyatlar, yangi loyihalar va dasturlar, imtiyozlar haqida so‘z yuritdi. Qo‘ytoshdagi volfram ishlab chiqarish bo‘yicha konning qayta faoliyat yuritishi ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston yetakchi davlatlardan biriga aylanishi ta’kidlandi. Gʻallaoroldagi oltin resursiga ega istiqbolli maydonga investor jalb qilish bo‘yicha ishlar ketayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, 24-Qo‘ytosh saylov okrugi deputati A. Ismailov yil davomidagi faoliyati bo‘yicha aholiga hisobot berdi. Takliflar yozib olinib ijro jarayoniga yo‘naltirildi