Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputat Joriy yilning 2 dekabr kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida faollar oldiga qo‘ygan vazifalar, viloyat ahli jumladan tuman aholisiga kelgusi yilda taqdim etiladigan imkoniyatlar, yangi loyihalar va dasturlar, imtiyozlar haqida so‘z yuritdi. “Yoshlar daftari” orqali yoshlarning turli muammolari ijobiy hal etilishi, mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlarning bandligini ta’minlash, Dehqonchilik qilish istagini bildirganlarga yer maydoni ajratish rejalashtirilganligi ta’kidlandi. 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati K. Usmonov yil davomidagi faoliyati bo‘yicha aholiga hisobot berdi. Takliflar yozib olinib ijro jarayoniga yo‘naltirildi. Tadbirda Kengash kotibiyati mudiri B. Qorajonov ishtirok etdi.