Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tumanda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini tashkil etish, Mahalla uyushmasi faoliyati, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash kabi masalalar koʻrib chiqildi. Maʼsullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Muhokamalar yakuni boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.