Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Oʻzbekiston respublikasi prezidenti qarorlari, Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlari hamda Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi qarorlari ijrosini oʻrganish maqsadida Gulchambar mahallasida boʻldi.
Mahalla hududida qurilayotgan koʻprik qurilishi, 49-sonli maktab hududida foydalanishga topshirilgan Oʻzbekiston respublikasi sport vazirligi "Tashabbusli sport" loyihasi doirasida qurilgan sport maydoni faoliyati bilan tanishdi . 64 - sonli maktab oʻquvchilari bilan ularning qiziqishlari, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Qonun taqdim etayotgan qator imtiyozlar haqida suhbat tashkil etildi.