Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida bandlik masalasi muhokama qilindi
Deputatlar tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi maʼsullari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini 2026 - yil uchun kafolatlangan eng kam miqdorini belgilash va zahiraga qoʻyish boʻyicha masalasini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, bandlik sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullarini tadbiq etish, kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi va navbatdagi vazifalar belgilab olindi.