Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosari R. Boymatova, tuman Adliya boʻlimi, tuman FHDYO boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, "Nuroniylar" jamgʻarmasi tuman boʻlimi, din ishlari boʻyicha maslahatchi, tuman hokimligi matbuot xizmati rahbarlari va maʼsullari Gʻallaorol tumanida toʻy, xashamlar va oilaviy tantanalar, diniy marosimlar hamda dafn marosimlarni ixcham oʻtkazish masalasini muhokama qildi.
Ayrim fuqarolar tomonidan ortiqcha dabdaba bilan oʻtkazilgan toʻylar sabab qarzdorga aylanib qolish holatlari, toʻylarda milliy maʼnaviyatimizga yot boʻlgan "urf-odatlar" kirib kelayotgani, ayrim keraksiz marosim va tadbirlar tashkil etilayotganiga eʼtibor qaratildi.