Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 38-Marjonbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Nigmatova aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida G‘allaorol tumanining Qipchoqsuv, Jiydali va Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida aholining elektr energiyasi ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari aniqlanib, deputat tomonidan bu masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.