Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘n oltinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasisi hamda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📑 Yig'ilish kun tartibidan:
1-masala, Yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha Boyovut tumanida mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari (A.Alashukurov)ning hisoboti to‘g‘risida;
3-masala, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktab bitiruvchilarining 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’limga qamrab olinishi va bandligini ta’minlash yuzasidan, shuningdek, joriy yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar haqida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri (O.Gaymnazarov)ning hisoboti to‘g‘risida;
8-masala, Boyovut tumani Xalq demokratik partiya guruhi tashabbusi bilan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmati sifatini yaxshilash bo‘yicha “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Boyovut tuman filiali boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.