Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 18-Laylakko‘l saylov okrugi deputati Muattar Mirzajonova “Laylakko‘l” mahallasida joylashgan “Farida orzusi” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

⏩ Tashrif davomida bog‘chaning mavjud sharoiti, ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Aniqlanishicha, muassasa qishda isitish tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda, chunki bog‘cha uchun yoqilg‘i (ko‘mir) yetarli emas.

⏩ Deputat tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat kiritish va zarur yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3