Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Alibek Amanlikov tomonidan “Ijodkor” mahallasida joylashgan 40-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida isitish tizimi, dars xonalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda zarur tavsiyalar berildi.