Mahalla faollari va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan suhbat o‘tkazildi
Mahallada yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mahallada olib borilayotgan ishlar haqida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 4-Farhod saylov okrugi deputati Akrom Bo‘tayev, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari ishtirokida suhbat o‘tkazildi.
▪️ Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish uchun sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
▪️ Shuningdek, mahalla hududida jinoyatchilikni erta bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla yettiligi, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisining hamkorligi muhimligi qayd etildi.