Tuman Kengashi deputati Halnisa Shayimova "Paxtakor" mahallasida joylashgan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 28-maktabgacha ta’lim tashkilotida (MTT) bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
📑 O‘rganish jarayonida bir qator masalalar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi:
Xususan:
1️⃣ 14-maktab kapital ta’mirga va qo‘shimcha binoga muhtoj. Shuningdek, sport zalining isitish tizimini ta’mirlash zarurligi qayd etildi.
2️⃣ 28-MTT uchun tashqi oshxona zarur, chunki elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan taqdirda, bolalarga ovqat tayyorlash uchun muqobil sharoit — o‘tin pechidan foydalanish imkoniyati bo‘lishi lozim.
3️⃣ Aholi murojaati — markaziy ko‘chaga tezlikni cheklovchi belgi yoki to‘siq (tumba) o‘rnatish zarurligi bildirildi. Sababi, haydovchilarning yuqori tezlikda harakatlanishi natijasida yosh bolalar va fuqarolar hayoti xavf ostida qolmoqda.
Shuningdek, deputat 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 26-MTTda ham bo‘lib, ularning holatini o‘rgandi.
➡️ 16-maktab ham ta’mirga va qo‘shimcha binoga muhtoj ekani aniqlandi.
➡️ 26-MTTda esa jiddiy muammo kuzatilmadi.
➡️ 9-sonli OSHP deyarli tayyor, biroq zal bo‘yicha mablag‘ masalasi hali aniqlashtirilmagan.
💬 Deputat tomonidan aniqlangan muammolar tegishli tashkilotlarga yetkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.