Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov "Navbahor" mahallasida joylashgan 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qurilayotgan sport inshootida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
▶️ Uchrashuv davomida deputat qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi, ishlarning sifatiga e’tibor qaratdi hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
▶️ Mazkur sport inshooti foydalanishga topshirilgach, o‘quvchilar va yoshlar uchun jismoniy tarbiya, sport musobaqalari hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Deputat ta’kidlaganidek, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish — ustuvor vazifalardan biridir.