Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengash ish rejasiga muvofiq, “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida qator amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, 12-Boyovut saylov okrugi deputati Salohiddin Kuldashov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildi.

➡️ Shuningdek, deputat 42-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quv muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Maktab jamoasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

➡️ Bundan tashqari, deputat mahalla hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham tashrif buyurdi. U yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoit, tarbiyachilarning faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda isitish tizimining tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqdi.

➡️ Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Mazkur loyiha doirasidagi uchrashuvlar aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va deputatlarning joylardagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7