35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sayyor qabul: Xalq farovonligi yo'lida


Fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etish maqsadida tuman Xalq qabulxonasi hamda “Jayhun” MFY binosida Tuman hokimi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholi tomonidan bildirilgan ayrim masalalar joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.

Slide 1 of 2