Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Tashmatov Taqachi mahallasida yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlikka qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
🤝 Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka mustahkam poydevor yaratishning muhim omilidir.