Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimizda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ayniqsa, ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. ✨
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Samandarova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Istiqlol mahallasida barpo etilib, foydalanishga topshirilayotgan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini o‘rgandi.
🏫 Zamonaviy talablar asosida qurilgan, barcha qulayliklarga ega mazkur ta’lim maskani o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishi, ularning puxta bilim olishi va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🌱 Yangi maktab — yangi imkoniyatlar, yangi imkoniyatlar esa porloq kelajak demakdir!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — bunyodkorlik va taraqqiyotning yorqin ifodasi!