Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov Kengashning haftalik ish rejasiga asosan Xonobod mahallasi hududida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini o‘rgandi.
🐟 Tashrif davomida mahallada yangi tashkil etilgan intensiv usulda baliq yetishtirish loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyiha tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
📈 Har bir yangi loyiha — mahalla iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyat, aholi uchun esa yangi daromad manbai!