Zafar shaharchasida barpo etilayotgan Bekobod boks va yakkakurash sport turlari markazi binosining qurilish jarayoni deputatlar tomonidan o‘rganildi.
Jarayon davomida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov ishtirok etdilar.
🏗 Mazkur markaz zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun munosib mashg‘ulot sharoitlarini yaratish hamda kelajakdagi chempionlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Bugun bunyodkorlik — ertaga yangi g‘alabalar!