Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova mahallabay yurish davomida fuqaro Z.Eshonxonovning murojaatini o‘rgandi.
🔎 Murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi, muammo nazoratga olindi hamda “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
✨ Murojaat ijrosi ta’minlanib, O‘rikzor ko‘chasidagi ustunlarga tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan 17 dona quyosh panelli yoritgich o‘rnatildi.
🤝 Natijada fuqaro Z. Eshonxonovning murojaati ijobiy hal etildi.
🌱 Xalq bilan muloqot — muammoni eshitishdan boshlanadi, uni amalda hal etish bilan davom etadi!