Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi A.Djabborov, komissiya a’zolari B.Jo‘rayev, X.Jumaboyev va B.Begmatov ishtirok etdilar.
📌 Kun tartibidagi masala — Bekobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko'rsatilayotgan maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari U.Xaqqulovning axboroti eshitilib, taklif va mulohazalar bildirildi.
📝 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan belgilangan tartibda doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
🌱 Toza muhit — sog‘lom hayot, obod hudud esa farovon kelajak garovidir!