Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 12-“Madaniyat” saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov Parchayuz mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Yoshlar ko‘chasida joylashgan transformator punktining nosozligi yuzasidan murojaat bildirildi.
📄 Murojaatni o‘rganish va muammoni bartaraf etish maqsadida Zafar tuman elektr ta’minoti boshlig‘i Sh. Abdujabborovga deputat so‘rovi yuborildi.
⚡️ Aholi murojaati — e’tiborda! Muammo esa nazoratda!
🌱 Xalq bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.