35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘z saylov okrugidagi “Beshkappa” mahallasida
bo‘lib, mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim Turg‘unova Muslima bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holatini bevosita joyida o‘rgandi.O‘rganish davomida kambag‘allik chegarasidagi va
kambag‘al oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash, fuqarolarni zarur ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Deputatning mahalla raisi va ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda joyiga chiqib olib borgan bunday o‘rganishlari aholi muammolarini bevosita aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 2