35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Hudud obodligi — deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "20-So‘fiyon" saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan «Xurshid» mahallasida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallaning Abadiyat va Nurli ko‘chalarining jami 2 kilometr 300 metr qismini asfaltlash ishlari holati ko‘zdan kechirilib, mazkur ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud infratuzilma bilan bog‘liq masalalar, ko‘chalarning obodonlashtirilishi hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va murojaatlar o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining sifatini nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday nazorat tadbirlari hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3