35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОЙБЎЙИ МАҲАЛЛАСИДАГИ МАКТАБ КУТУБХОНАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДАГИ 51-СОНЛИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Асосий мақсад — ҳар бир хонадон учун барқарор даромад манбаини яратиш
янв.21
51-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«СОЙБЎЙИ» МАҲАЛЛАСИДАГИ СУВ ИНШООТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚАЙРОҚИ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИНИ ҚИЙНАБ КЕЛАЁТГАН ЙЎЛ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА МАВСУМИЙ ИШЛАР ИЗЧИЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА МУАММО ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ
янв.21
ГУЛШАН МФЙДАГИ ИЧКИ ЙЎЛЛАРНИ ШАҒАЛЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan tumanning “Besh-tut” mahallasida istiqomat qiluvchi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ta’minot ishonchliligini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

🔻O‘rganishlar va aholi bilan muloqotlar davomida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati, mavjud tayanch ustunlarning sozligi va ularning xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi.

🔻Mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida mahallada 7 ta beton elektr ustuni yangilandi. Eski va yaroqsiz holatga kelgan ustunlarning yangilanishi, aholi xonadonlariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda xavfsizlikni ta’minlashda bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalladagi elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilashga erishilib, aholi uchun yanada barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga sharoit yaratildi.

🔻Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish, ayniqsa, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2