Янгиликлар

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-Bog`bon saylov okrugidan saylangan deputat To`layev Eldor Zafaritdin o`g`li va mahalla yettiligi tomonidan “Bog`bon” MFY da yashovchi 3 ta oilaning yashash sharoitlari va ijtimoiy ahvoli o`rganildi. Shundan so`ng mahalla hududida tomorqachlik yo`nalishida boshqalarga o`rnak bo`layotgan xonadonga tashrif buyurib ularning takliflari eshitildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi hamda zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 3