Янгиликлар

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich va mahalla yettiligi tomonidan “Istiqlol” MFY “Uchquduq”, “Soy sohili”, “Xonobod” ko`chalarida yashovchi oilalarning yashash sharoitlari va ijtimoiy ahvoli o`rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi hamda zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 5