Mamlakatimizda yoshlarga nafaqat ertangi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan muhim kuch, balki jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi sifatida qaraladi.
So‘nggi yillarda yoshlarga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joyli bo‘lish, ishga joylashish va dam olish huquqlarini ta’minlash uchun yetarli sharoit yaratish zarurligi belgilab qo‘yildi.
O‘zLiDeP saylovoldi dasturida ham yoshlarga sifatli ta’lim, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ish o‘rni yaratish, zamonaviy innovatsiyalarga yo‘l ochish, sun’iy intellektni rivojlantirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Artikov