Янгиликлар

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 14-Cho`qqayma saylov okrugidan saylangan deputat Dadamatov Faxriddin Janobovich o`zi saylangan okrugidagi “Cho`qqayma” MFY yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi bajarilishi lozim bo`lgan ishlar, xususan aholi bandligini ta`minlash, kasb-hunarga o‘qitish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, ko‘makka muxtoj kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya qilish, ichimlik suvi ta`minotidagi muammolar bo`yicha suxbatlashildi. F.Dadamatov tomonidan mahallada barcha sohalarda ishlarni to‘gri tashkil qilishda mahalla raisi boshchiligida ish olib borilishi,“Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Shundan so`ng mahalla hududida tomorqachlik va tadbirkorlik yo`nalishida boshqalarga o`rnak bo`layotgan xonadonlarga tashrif buyurib ularning takliflari eshitildi. Tadbir yakunida MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 7