Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-"Bodomtepa" saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna “Quruqsoy`” MFY yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi bajarilishi lozim bo`lgan ishlar, xususan aholi bandligini ta`minlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, maxalla ayollari o`rtasidagi mavjud muammolar , ko‘makka muxtoj kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya qilish, ichimlik suvi ta`minotidagi muammolar bo`yicha suxbatlashdi. Shundan so`ng mahalla hududida tomorqachlik va tadbirkorlik yo`nalishida boshqalarga o`rnak bo`layotgan xonadonlarga tashrif buyurib ularning takliflari eshitildi. Tadbir yakunida MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora tadbirlar rejasi belgilab olindi.