DEPUTAT MAHALLADA.
17-Kaltaminor saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gichgeldiyeva To‘rtko‘l tumanidagi “Otayurt” hamda “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-1-sonli qaroriga muvofiq Respublika mahallalarida xavfsiz muxitni yaratish, jinoyatchilik, xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan mahalla yettiligining qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan ishlari bandma-band o‘rganildi.