Янгиликлар

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o`zi saylangan “Istiqbol” MFY da mahalla yettiligi bilan xamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo`yicha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1-son qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida o`tkazilgan targ'ibot tadbirda ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat va mutasaddilar tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Tadbir soʻngida mahalla faollari bilan birgalikda muammoli xonadon aʼzolari bilan suhbat oʻtkazildi. 

Slide 1 of 4