🟢Joriy yilning 11-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Kamalov tomonidan “Barraj" MFY hududida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🟢Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini boshlashda amaliy yordam berish, hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildilar.
🟢Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida saylovchilarga korrupsiyaning oldini olish, isrofgarchilikka chek qo‘yish, turli maraka va tantanali tadbirlarni ixcham va maqsadli o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidlandi.
🟢Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.