Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqi biz, o‘zbekistonliklar uchun katta iftixor bo‘ldi. Davlatimiz rahbari jahon minbaridan tinchlik, xavfsizlik, hamkorlik va birdamlik haqida muhim tashabbuslarni ilgari surgani yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirdi.
Davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi faol tashabbuslari nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining manfaatlarini ifoda etadi.
Xalqparvar davlat xizmatchisi sifatida ta’kidlamoqchimanki, ushbu tashabbuslar bizdan ham katta mas’uliyat talab qiladi. Har birimiz Prezidentimiz belgilab bergan yo‘lda sidqidildan mehnat qilib, yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rnini yanada mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Iroda Quchqarova.