Янгиликлар

MUNOSABAT

 Deputat munosabati

Kuni kecha Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi biz, deputatlar uchun ham katta faxr va ilhom manbai bo‘ldi. 

  

Davlatimiz rahbari o‘z chiqishida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy islohotlar jarayoni, taraqqiyot yo‘nalishlari bilan bir qatorda, butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan global va mintaqaviy masalalarni ham chuqur tahlil qilib berdi. Xususan, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari va hamkorlikni kengaytirishga oid ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.    

Prezidentimizning bu chiqishi O‘zbekistonning jahon siyosiy maydonidagi nufuzi tobora ortib borayotganini, yangi O‘zbekistonning ochiq, tinchliksevar va amaliy tashqi siyosat olib borayotganini yaqqol isbotladi.   

Deputat sifatida aytishim mumkinki, Prezidentimizning BMT minbaridan yangragan nutqi bizni yanada mas’uliyatli bo‘lishga, xalqimizning ishonchini oqlash uchun fidoyilik bilan xizmat qilishga undaydi. Chunki xalqaro miqyosda bildirilgan tashabbus va g‘oyalar aynan joylarda amaliy ishlar, tashabbuskorlik va birgalikdagi mehnat orqali ro‘yobga chiqadi.