Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Nafisa Quronova Saidlar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Umidjon Matmurodov hamda mahalladagi ijtimoiy xodim Munitsa Yarashova bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida deputat o‘zi saylangan saylov okrugiga borib, «Ko‘chama-ko‘cha va uyma-uy» yurish loyihasi doirasida xonadonlarda bo‘lib, oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
Aniqlangan holatlar asosida fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.