Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov tomonidan Sarimoy mahallasi xotin-qizlar faoli G‘aipova Mohim Boltayevnaning amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy masalalarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faolining vazifalarini samarali tashkil etishi, aholi bilan ishlash holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratildi.