Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI!

XOTIN-QIZLAR BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI!

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi raisi X. Sultonov Sayopir mahallasida xotin-qizlar faolining ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatlari hamda oilaviy ajrimlar soni oshgani, shuningdek, himoya orderi olgan xotin-qizlar soni ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘paygani qayd etildi.
Mavjud holatlar yuzasidan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.